5-avgust kuni Xitoyning Shandun provinsiyasi sohili yaqinida «STAR.VISION» kompaniyasi tomonidan «Samarkand-2028» va «Lampung-1» giperspektral sun'iy yo‘ldoshlari fazoga uchirildi. «Daryo.uz» xabariga ko‘ra, bu mamlakat milliy kosmik dasturini rivojlantirishdagi eng yirik xalqaro loyihalardan biri bo‘lib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
«Samarkand-2028» apparati qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni hisobga olish, suv resurslarini boshqarish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda shaharsozlik kabi muhim sohalarda kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yo‘ldosh nomlanishi alohida ma'noga ega: u 2025-yilda Sidneyda o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida (IAC) qabul qilingan qaror bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra 79-Xalqaro astronavtika kongressi 2028-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.