
Hujumchi Karim Benzema rasmiy tarzda «Al-Ittihaddan» «Al-Hilal» klubiga o‘tdi. 38 yoshli fransuz futbolchisi Riyod klubiga 2027 yil iyungacha shartnoma imzoladi, deb xabar beradi «Al-Hilal» matbuot xizmati.
Avvalroq Benzema bilan «Al-Ittihad» rahbariyati o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan edi. Klub unga asosiy maoshsiz, faqat bonuslarni o‘z ichiga olgan shartnoma taklif qilgan. Bunday shartlar 2022 yil «Oltin to‘p» sohibini qoniqtirmadi va u klubini o‘zgartirishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema 2023 yil yozida Madriddagi «Real»dan «Al-Ittihadda» erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. Hujumchi bu jamoa bilan Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi va Qirol kubogini qo‘lga kiritdi. Fransuz futbolchisi Jidda klubida 83 o‘yinda 54 gol urdi va 17 golga assist berdi.
Hozirda «Al-Hilal» 47 ochko bilan Saudiya Pro-ligasida peshqadam turibdi. «Al-Ittihad» 34 ochko bilan oltinchi o‘rinda, Ronalduning «Al-Nasr» klubi esa 46 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Keywords