
Xalida Nadirova, Lebap viloyati Ko‘ytendog‘ tumanidagi 5-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi: Faol hamda zamonaviy usullarda tashkil etilayotgan darslarimizda o‘quvchilarda til o‘rganishga, kompyuterda darsga oid taqdimotlar tayyorlashga havas uyg‘otmoqdamiz. Sinf xonalarimiz kompyuter uskunalari, multimedia doskalari bilan ta’minlangan bo‘lib, darslarni qiziqarli va samarali tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ingliz tili darslarimizda o‘tilayotgan mavzuga oid yangi ma’lumotlar va taqdimotlar tayyorlab, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini hamda ishtiyoqini oshirmoqdamiz. O‘quvchilar maxsus tayyorlangan taqdimotlar asosida darsda ingliz tilida chiqish qiladilar. Bu esa ularning dunyoqarashi kengayishiga va so‘zlashuv nutqi rivojlanishiga yordam beradi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda faol va rivojlantiruvchi o‘yinlar, she’rlar orqali chet tillarini o‘rganishga muhabbat uyg‘otish hamda ularning so‘zlashuv tilini rivojlantirish lozim. Shunday qilinganda, ularning so‘z boyligi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilidan bilim darajalarini tahlil qilish va o‘tilganlarni takrorlash uchun testlardan foydalanish juda yaxshi natija beradi. Testlar tuzilganda o‘quvchilarning qobiliyat va mahoratlari hisobga olinadi. O‘quvchilarga berilayotgan bilim va tarbiyaning samarali bo‘lishi uchun darsdan tashqari turli tanlovlar va fan haftaliklarini o‘tkazish ijobiy natijalar beradi.
Keywords