
Oʻzbekiston kelajakda tashkil etishni rejalashtirayotgan xususiy yuk kemalari flotini Kaspiy dengizi boʻyida, xususan, Turkmaniston va Qozogʻistonning xalqaro dengiz portlarida joylashtirish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Ushbu strategik qadam qoʻshni mamlakatning eksport-import operatsiyalarini ishonchli taʼminlash hamda mintaqadagi tranzit yuk tashuvlarining barqarorligini oshirishga qaratilgan.
"Upl.uz" nashrining xabar berishicha, Toshkent Kaspiy dengizi suv havzasida faol foydalanish maqsadida yuk paromlarini ijaraga olish va sotib olish boʻyicha maxsus mexanizmlarni ishlab chiqishni boshlab yuborgan.
Loyiha ijrosi haqida maʼlumot bergan Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Shohruh Gʻulomov ayni paytda bu yoʻnalishda tegishli tashkiliy va tahliliy ishlar jadal olib borilayotganini tasdiqladi.
Kaspiy dengizi orqali yangi logistik yoʻnalishlarning ochilishi mintaqalararo savdo-iqtisodiy aloqalarning, xususan, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi transport-tranzit hamkorligining yangi bosqichga koʻtarilayotganidan yorqin dalolatdir.
Keywords