
Rossiyaning “Ozon” elektron savdo maydonchasi hamkorlik asosida Turkmanistonga tovarlarni yetkazib berish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati TASS agentligiga xabar berdi.
Kompaniya ushbu xizmatni mamlakatda ishga tushirish masalasi hozirgi vaqtda ko‘rib chiqilayotganini qayd etdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, kompaniya ushbu masala bo‘yicha tegishli infratuzilma ishlarini tayyorlamoqda va mijozlarga ish boshlanishi mumkinligi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ta’kidladi.
1998-yilda tashkil etilgan “Ozon” turli xildagi mahsulotlarning keng assortimentini taqdim etuvchi ko‘p tarmoqli elektron savdo maydonchasidir.
Keywords