
Madridning "Real" jamoasi sakkiz o‘yinlik g‘alabali seriyasini to‘xtatdi va safarda "Osasuna"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Ante Budimirning penaltidan urgan goliga madridliklar Vinisius Juniorning zarbasi bilan javob qaytarishdi, biroq qo‘shib berilgan vaqtda Raul de Aro mezbonlarga g‘alaba keltirdi. "Real" 60 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi, ammo "Barselona"da (58 ochko) bitta zaxira o‘yini bor.
Keywords