Petde Amudaryo sohillaridagi to‘qay o‘rmonlarida o‘sadigan, tabiatning noqulay sharoitlariga chidamliligi bilan ajralib turadigan daraxtlardan biridir. U daryoning toshqinlariga va cho‘lning quruq shamollariga bardosh bera oladi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan ushbu daraxt daryo bo‘yidagi o‘rmonlarga o‘ziga xos go‘zallik bag‘ishlaydi.

Petde bo‘yi 12–14 metrgacha yetadigan, uzun tanali daraxtdir. Uning po‘stlog‘i qalin va kulrang tusda bo‘ladi. Daraxtning po‘stlog‘i, kurtaklari hamda barglaridan dorivor maqsadlarda foydalaniladi.