Pokistonning Multon shahri yaqinida «Rahman Baba Express» yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda «INTERFAX.RU» «Dawn» nashriga tayanib xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, poyezd mamlakat janubidagi Karachi port shahridan Pokistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Peshovar shahriga qarab harakatlangan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda poyezd soatiga taxminan 100 kilometr tezlikda harakatlangani va uning ichida qariyb 500 nafar yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda. Halokatdan so‘ng jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.