Xitoydan Rossiyaga 15 ta yangi avtomobil olib ketayotgan ikkita avtotashuvchi Qozog‘iston shimolidagi Aqmola viloyatidagi yirik avtomobil yo‘lida suv to‘plangan ariqga tushib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Bu haqda viloyat politsiya boshqarmasiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi (xabar).

Xabarda qayd etilishicha, Xitoyning Xorgos shahridan Rossiya Federatsiyasiga yo‘l olgan, xorijlik haydovchilar boshqaruvidagi FAW rusumli ikkita avtotashuvchi yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Ularning ustida jami 15 ta yangi avtomobil bo‘lgan. Yo‘lning sirpanchiqligi sababli haydovchilar transport vositalari boshqaruvini yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.