«Berkshire Hathaway Travel Protection» sug‘urta kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Kanadaning Monreal shahri 2027-yilda sayohat qilish uchun dunyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi. O‘tgan yilgi ko‘rsatkichiga nisbatan reytingda 16 pog‘ona yuqorilagan shahar 82,18 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Monreal jinoyatchilik va huquqbuzarliklar darajasining pastligi bilan ajralib turdi.

Tadqiqotni o‘tkazgan mutaxassislar ushbu shaharga sayohat qilishni rejalashtirayotganlarga ko‘chalardagi transport harakatining tig‘izligiga, shuningdek, ko‘priklarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlariga e’tibor qaratishni tavsiya etmoqda.

Umuman olganda, reytingdan dunyoning 15 ta shahri joy oldi. Ularning to‘qqiztasi Yevropada joylashgan. Shveysariyaning Syurix shahri 81,03 ball bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Niderlandiya poytaxti Amsterdam 80,81 ball to‘plab, uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Syurix toza va xavfsiz jamoat transporti tizimi, shuningdek, yuqori barqarorlik darajasi bilan ajralib turdi. Amsterdam esa sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan shaharlardan biri bo‘lishiga qaramay, xavfsizlikning yuqori darajasini saqlab kelayotgani uchun yaxshi baholandi.