
Qozog‘iston joriy yilda mamlakatni Turkmaniston bilan bog‘laydigan avtomobil yo‘li qurilishini yakunlaydi. Bu haqda Qozog‘iston transport vaziri Nurlan Sauranbayevning so‘zlariga tayanib, «Lsm» qozoq sayti xabar berdi.
Vazir N. Sauranbayev «Turkmaniston — Rossiya» transport koridori qurilishi haqida to‘xtalib, ushbu o‘tish yo‘li «Temir-Bobo — Rossiya Federatsiyasi chegarasi» qismini ham o‘z ichiga olishini ta’kidladi.
«"Janaozen — Turkmaniston chegarasi" yo‘l qismida qurilish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, yo‘lni to‘rt qatorli qilish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) loyihasini ishlab chiqish ham boshlandi. Hozirgi qismdagi qurilish ishlari shu yil davomida yakunlanadi», — dedi vazir.
Keywords