
Turkman xalqi asrlar davomida umuminsoniy qadriyatlarga baland ehtirom ko‘rsatib kelgan. Bunday asil an’analar insonparvarlik va do‘st-birodarlikni mustahkamlaydi. Ma’lumki, muqaddas Ramazon oyining boshlanishi xalqimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Chunki ishonchlarga ko‘ra, bu oyda odamlarning insonparvarligi va sabr-toqati yanada ortadi. Yuragimizga nur, dasturxonimizga baraka baxsh etuvchi Ramazon oyini savobli ishlarga bag‘ishlash, albatta, inson umriga ma’no beradi. U bolalarning «Yaramazon» aytib, har bir xonadonga xushxabar keltirishi bilan boshlanadi. «Yuqorida bir Oy bor...» degan xushxabar so‘zlari bilan boshlanadigan sanavaçlar va she’rlar bolalarning jo‘shqin ijrosida yanada ta’sirli bo‘ladi. Shu lahzada kattalar bolalarning shodligiga sherik bo‘ladilar, ularga tayyorlab qo‘yilgan shirinliklarni ulashadilar. Bu yosh avlodning quvonchini yanada oshiradi. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bu asil an’analar insonparvarlikning, kattaga hurmat va kichikka izzatning namunasidir. Ha, bu oyda har bir musulmonning og‘iz yopib, ro‘za tutishi va sadaqa berishi odatdagi kunlardan ko‘ra ko‘proq xayrli va savoblidir. Bir-biriga tuz totirish, iftor vaqtida bir dasturxon atrofida jam bo‘lish insonlar qalbiga xotirjamlik beradi. Ko‘ngillarni ruhlantiradigan, savoblar ko‘payadigan bu muqaddas oyda har bir lahzani xayrli ishlarga bag‘ishlash va vaqtni go‘zal ibodatlar bilan o‘tkazish har birimiz uchun muhimdir. Shunday savobli oyda har bir insonning qilayotgan ezgu niyatlari va tutgan ro‘zalari qabul bo‘lsin!
Keywords