
Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema Saudiya Arabistoni klublaridagi vaziyatdan norozi ekanliklarini bildirdilar.
Ronaldu Saudiya Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) tomonidan klubni boshqarishdan norozi. Xususan, u transfer siyosati va investitsiya hajmidan qoniqmayapti. PIF bevosita «Al-Nasr», «Al-Hilal», «Al-Ittihad» va «Al-Ahli» klublarini boshqaradi.
Hozirda Ronaldu milliy chempionatdagi «Al-Riyadh»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishni rejalashtirmoqda. O‘yin 2 fevral, Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.
Karim Benzema yangi shartnomadan bosh tortdi va «Al-Ittihad»dan ketishga qaror qildi. Fransuz hujumchisi shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli «Al-Fateh» (2:2) bilan o‘yinni allaqachon o‘tkazib yubordi.
38 yoshli «Al-Ittihad» markaziy hujumchisi Karim Benzemaning «Al-Hilal»ga o‘tishi kutilmoqda. Biroq Ronaldu bu transferga qarshi, chunki u buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibni kuchaytiradi, deb hisoblaydi.
Hozirda Saudiya Pro ligasi jadvalida «Al-Hilal» birinchi, «Al-Nasr» ikkinchi, «Al-Ittihad» esa oltinchi o‘rinda.
Keywords