«Türkmentel – 2026» xalqaro forumi doirasida innovatsion loyihalar va startaplar o‘rtasida o‘tkazilgan «Sanly çözgüt – 2026» tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovga jami 442 ta loyiha taqdim etildi. Bu esa Turkmanistonda raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlar sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar soni ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Ta’lim va elektron ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Turkmaniston Ta’lim vazirligining Innovatsion axborot markazi mutaxassisi Shatlyk Shöhradow birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. U tomonidan ishlab chiqilgan «E bakja» veb-sayti va «e bakja» mobil ilovasi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida Shatlyk Shöhradowga maxsus diplom hamda Turkmaniston Prezidentining nomidan qimmatbaho sovg‘a topshirildi.
Yetti yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan «Sanly çözgüt – 2026» tanlovida jami yetti nafar ishtirokchi birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 15 ta loyiha ikkinchi, 22 ta loyiha esa uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.