
Saudiya Arabistonida yaqinda ochilgan «Six Flags Qiddiya City» parkı keng cho‘l hududlarini ulkan turizm zonasiga aylantirdi. Ushbu dam olish markazi dunyodagi eng uzun, eng baland va eng tez harakatlanadigan amerika attraksioni – roller coaster bilan jihozlangan. «Six Flags Qiddiya City» – bu «Qiddiya» loyihasining bir qismi bo‘lib, uning maqsadi Arab cho‘lini dunyoning eng katta ko‘ngilochar va turizm markazlaridan biriga aylantirishdir va katta qiziqish uyg‘otmoqda. Majmua mamlakat poytaxti Riyad yaqinida joylashgan. Loyiha kelajak rejalarida e-sport maydonchasi, stadion va suv parki qurish ham ko‘zda tutilgan. «Six Flags Qiddiya City» – Shimoliy Amerikadan tashqarida qurilgan birinchi «Six Flags» parkidir. Qurilish taxminan to‘rt yil davom etdi. Majmua umumiy maydoni 32 gektarni tashkil qiladi va unda restoranlar, savdo nuqtalari hamda turli attraksionlar mavjud. Parkda jami 28 attraksion mavjud bo‘lib, ularning uchtasi allaqachon dunyo rekordlarini yangilagan. Eng ta’sirlisi «Falcon’s Flight» amerika attraksionidir. U bir vaqtning o‘zida dunyodagi eng baland, eng tez va eng uzun attraksion hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, uning tezligi soatiga 250 kilometrgacha yetadi.
Keywords