
Joriy yilning 16–17-sentabr kunlari Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ilk bor Davlat rahbarlari ishtirokida oliy darajadagi sammit o‘tkaziladi. Sammit sanalari haqida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Xyon payshanba kuni Seulda bo‘lib o‘tgan tayyorgarlik majlisida ma’lum qildi.
“Yonhap” agentligining xabar berishicha, uchrashuvda Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Davlat rahbarlari ishtirok etadilar.
Koreya Respublikasi tashqi siyosat idorasi rahbari bo‘lajak uchrashuv Janubiy Koreyaning diplomatik imkoniyatlarini kengaytirishda va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.
Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, sammit formati ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga, shuningdek, ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va mintaqa mamlakatlarida yashayotgan koreys millatiga mansub jamoalarni yanada samarali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik asoslarini yaratishga keng imkoniyat beradi.
Keywords