Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Bosh kotibi Sergey Lebedev «MDH+» formatidagi hamkorlikni kengaytirish haqiqatga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikricha, kelajakda Mo‘g‘uliston va Serbiya kabi davlatlar ham ushbu formatga qo‘shilishi mumkin.
Sergey Lebedev bu haqda TASS agentligi bosh direktori Andrey Kondrashovga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bosh kotibning ta’kidlashicha, «MDH+» formatini tashkil etish masalasi Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari sammitlari darajasida allaqachon muhokama qilinmoqda. Bunga 2026-yil oktabr oyida Turkmanistondagi «Avaza» milliy turistik zonasida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari rahbarlari uchrashuvi yaqqol misol bo‘la oladi.
Sergey Lebedev ushbu sammitda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ilk bor ishtirok etganini eslatdi. Eron Prezidenti «MDH+» formatiga qo‘shilishga qiziqish bildirgan edi. Ushbu tashabbus Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar tomonidan ijobiy qabul qilindi va hozirda Eronning yangi formatga birinchi bo‘lib qo‘shilishi bilan bog‘liq masala o‘rganilmoqda.
Kelgusida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berar ekan, Sergey Lebedev Mo‘g‘uliston va Serbiyaning ushbu formatga qo‘shilishi hozircha taxminiy xususiyatga ega ekanini, biroq kelajakda bunday imkoniyat istisno etilmasligini aytdi.
«MDH+» formati va MDH huzuridagi kuzatuvchi maqomi 2025-yil oktabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitda davlat rahbarlari tomonidan tasdiqlangan edi. Ushbu mexanizmlar Hamdo‘stlik faoliyatiga qiziqish bildirayotgan boshqa davlatlarning uning ishida yanada yaqinroq ishtirok etishiga imkon yaratishni ko‘zda tutadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.