
“Shanly mekan” xo‘jalik jamiyati patrul katerlari va yaxtalar ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Bu haqda korxona rahbari Akmirat Sultanov seshanba kuni Ashxobodda TSTB tashkil etilganining 18 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ko‘rgazma doirasida Turkmaniston rasmiy matbuotiga ma’lum qildi.
Korxona kompozit materiallardan tayyorlangan turli xildagi suv havzalari (basseynlar), baliqchilar uchun qayiqlar va sayr qilishga mo‘ljallangan katerlar ishlab chiqaradi.
“2022-yilda asos solingan korxonamiz bir qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Bu, asosan, hamkorlik shartnomalari asosida qayiq va katerlarning butlovchi qismlarini sotib olish hamda xomashyo ta’minoti bilan bog‘liqdir”, — deydi Akmirat Sultanov.
“Shanly mekan” xo‘jalik jamiyati hovli joylar va boshqa dam olish maskanlari uchun istakka ko‘ra turli o‘lchamdagi suv havzalarini tayyorlab beradi.
Shuningdek, korxona rahbari kelajakda yirik dengiz ulovlarini ishlab chiqarish orqali amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishlarini ma’lum qildi.
Keywords