SpaceX Falcon 9 raketasining og‘irligi taxminan 4 tonna bo‘lgan bo‘lagi Oy yuzasiga qulab tushdi. Bir yildan ortiq vaqt davomida ochiq kosmosda qolgan ushbu bo‘lak 2026-yilning 5-avgust kuni soatiga 8688 km tezlikda (ovoz tezligidan yetti barobar tez) Yer sun'iy yo‘ldoshiga urilgan. Bu haqda «RBK» nashri xabar berdi.
Gap Firefly Aerospace kompaniyasining qo‘nish modulini Oyga yetkazish uchun 2025-yil yanvar oyida uchirilgan eltuvchi raketaning ikkinchi bosqichi haqida bormoqda. Odatda bunday raketalar atmosferada yonib ketadi yoki ummonga tushadi. Biroq bu safar u kosmosda qolib, kosmik chiqindiga aylangan edi.
NASA kosmik agentligining ma'lum qilishicha, to‘rt tonnalik qurilmaning zarbasi natijasida Oyda diametri 18 metr va chuqurligi 4 metrgacha bo‘lgan krater hosil bo‘ldi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.