Sahna san’ati inson qalbiga ta’sir qiluvchi, uni o‘ylantiruvchi va ma’naviy jihatdan boyituvchi qudratli kuchlardan biridir. Qudratli neytral Turkmanistonning yangi davrining Galkinish davrida milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirishga, xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishda teatr san’atining ham munosib o‘rni bor. Sahna asarlari orqali hayot haqiqati, milliy qadriyatlar, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi tushunchalar tomoshabinlarga ta’sirli shaklda yetkaziladi. Har yili kuz faslining kelishi bilan yurtimiz teatridarida yangi ijodiy mavsum tantanali ravishda boshlanadi. Lebap viloyatining Seyitnazar Seydi nomidagi davlat musiqali-drama teatri ham avgust oyining so‘nggi kunlarida yangi mavsumga start berishni rejalashtirmoqda. Hozirgi vaqtda teatrning ijodiy jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda. Sahna ustalari yangi mavsumda tomoshabinlarga mazmun-mohiyat jihatdan boy, badiiy darajasi yuqori va xalq qalbidan joy oladigan sahna asarlarini taqdim etishni maqsad qilib qo‘yganlar. Teatr jamoasining tayyorlagan chiqishlari tomoshabinlarga yoqimli lahzalarni hadya etish bilan birga, milliy san’atimizning boy an’analarini davom ettiradi. Bu yil Seyitnazar Seydi nomidagi davlat musiqali-drama teatri 48-ijodiy mavsumga qadam qo‘ymoqda. Yrim asrga yaqin vaqt beri xalqimizga xizmat qilib kelayotgan bu san’at o‘chog‘i o‘zining yangi mavsumini «Mustaqil, boqiy Betaraf Turkmaniston — tulpor otlarning vatani» yili munosabati bilan tayyorlangan «At — myrat» nomli sahna asari bilan ochadi. Turkman tulporining milliy bayrami munosabati bilan ilk bor tomoshabinlarga taqdim etilgan ushbu sahna asari yangi mavsumda ham teatr muxlislariga alohida ma’naviy zavq bag‘ishlaydi. Asarda milliy g‘ururimizning ajralmas qismi bo‘lgan turkman tulporining go‘zalligi, shuhrati va xalqimiz hayotidagi ahamiyati badiiy vositalar orqali bayon etiladi. Yangi mavsum davomida teatr sahnasida turli yillarda tomoshabinlarning muhabbatini qozongan mashhur sahna asarlarining qaytadan namoyish etilishi, shuningdek, qiziqarli konsert dasturlarining tashkil etilishi rejalashtirilgan. Teatr — shunchaki sahnada ko‘rsatiladigan o‘yin emas. U aktyorning so‘zi, musiqa, qo‘shiq, raqs, bezak va rejissyorning badiiy yechimi orqali tomoshabinni o‘ziga xos sehrli dunyoga olib ketadigan san’atdir. Shu boisdan yangi teatr mavsumining ham Lebap viloyati madaniy hayotiga yangi tus berishi va san’at ixlosmandlariga unutilmas taassurotlar hadya etishi kutilmoqda.