
Yurtimizda inson haqida g‘amxo‘rlik qilish va uning salomatligini muhofaza qilish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yangi moddalar va materiallarni, ya’ni derman vositalarini, polimerlarni, polimer materiallarini olish bilan bog‘liq kimyo fanining yutuqlari ko‘plab kasalliklarning oldini olishga hamda ularni davolashga imkon beradi.
Komil sog‘liqni saqlash xodimi bo‘lish uchun turli kimyoviy moddalar va hodisalarning inson salomatligiga hamda atrof-muhitga yetkazadigan ta’sirini tushunish, kimyodan chuqur va ko‘p qirrali bilimga ega bo‘lish zarurdir. Tibbiyot o‘rta o‘quv yurtlarining talabalari ham, qaysi mutaxassislikni tanlaganidan qat’i nazar, kimyodan chuqur bilim olishlari, amaliy ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirishlari lozim.
Yaqinda tibbiyot o‘rta o‘quv yurtlari uchun Turkman davlat nashriyot xizmati tomonidan chop etilgan «Umumiy kimyo» darsligida (mualliflar: Amanguliyev M., Altiyev A., Nurgeldiyev M., Roziyeva T.) anorganik kimyoning nazariy tushunchalari, kimyoviy elementlar va ularning birikmalari, organik kimyoga oid ma’lumotlar berilgan.
Darslikda anorganik kimyoning nazariy tushunchalaridan atom tuzilishi nazariyasi, izotoplar, atomda elektronlarning harakati, kvant sonlar, atom orbitallarining elektronlar bilan to‘lishi, davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi, kimyoviy bog‘lanish, anorganik birikmalarning asosiy guruhlari, kompleks birikmalar, dispers sistemalar, eritmalar, eritmalarda kechadigan reaksiyalar, kimyoviy reaksiyalar kinetikasi va kimyoviy muvozanat haqidagi tushunchalar izchil bayon etilgan.
Organik kimyodan esa organik birikmalarning tuzilishi, gomologik qator, izomeriya, to‘yingan uglevodorodlar, sikloparafinlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi, arenlar, benzol, aromatiklik nazariyasi hamda arenlarning kimyoviy xossalari aniq yoritilgan.
O‘quv kitobi tibbiyot o‘rta o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan boshqa yo‘nalishdagi maxsus o‘rta maktab o‘qituvchilari, talabalari hamda tayyorlov kurslari tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.
Keywords