
Gullola Achilova, Turkmaniston Kasaba uyushmalari Lebap viloyat birlashmasining tarmoqlararo muvofiqlashtiruvchisi: Mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha hududlarida qurilib, foydalanishga topshirilgan zamonaviy to‘qimachilik majmualari nafaqat ichki bozor, balki xalqaro bozorlar talablarini ham qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Bunday zamonaviy korxonalar qatorida Turkmanobod paxta yigiruv korxonasi ham alohida o‘rin tutadi. Korxonaning ahil jamoasi joriy yilni yuqori mehnat g‘ayrati bilan kutib olib, ishlab chiqarish sur’atlarini tobora oshirib bormoqdalar.
Bu yerda «Turkmaniston — boqiy baxt makoni» deb nomlangan tantanali anjumanning o‘tkazilishi ham to‘qimachilik tarmog‘i rivojiga berilayotgan yuksak e’tiborning yorqin nishonidir. Viloyat birlashmamiz, ushbu korxona hamda Turkmanobod Agrosanoat o‘rta hunar o‘quv maktabi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talaba yoshlar ham faol ishtirok etdilar. Anjumanda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, yosh mutaxassislarni kasbga yo‘naltirish, shuningdek, to‘qimachilik xodimlari uchun qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar alohida ta’kidlandi.
Keywords