
Turkiyaning “Türk İlaç ve Serum Sanayi A.Ş.” (TRILC) farmatsevtika kompaniyasi Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va dori-darmon sanoati vazirligi bilan 4 994 137,50 AQSh dollari miqdorida eksport shartnomasini imzoladi. Bu haqda kompaniya 2025-yil 26-dekabrda Korporativ ma’lumotlarni ochiq e’lon qilish platformasida (KAP) xabar berdi, deb yozadi “Finans Anlık” nashri.
Shartnoma bo‘yicha dori vositalari va tibbiy serumlar yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Yuklarni yetkazib berish 2026-yil fevral oyida yakunlanishi kutilmoqda.
Hozirda buyurtmalar qabul qilinmoqda, ishlab chiqarish va logistika ishlar rasmiy jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Bosh ofisi Anqarada joylashgan “Türk İlaç ve Serum Sanayi A.Ş.” kompaniyasi keng turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, shuningdek farmatsevtika, veterinariya va kosmetika mahsulotlarini eksport qilish, marketing va vakillik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Keywords