
“Turkman investitsiya kompaniyasi” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati Turkmaniston xususiy sektoridagi kompaniyalarga kredit berish xizmatlarini taklif etadi. Bu haqda kompaniya vakili “Biznes Türkmenistan” internet nashriga ma’lum qildi.
Moliyalashtirish AQSh dollarida amalga oshiriladi, shu bilan birga kreditni qaytarish ham AQSh dollarida bajariladi.
Kredit mablag‘lari Turkmanistondagi xususiy kompaniyalarning turli loyihalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Kompaniya Ashxobod shahri, Garashsizlik ko‘chasi, 32-uy (Turkmaniston Tashqi iqtisodiy faoliyat davlat banki binosi), 5-qavatda joylashgan. Qiziquvchilar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun kompaniya bilan turkmeninvest@sanly.tm elektron pochtasi yoki +993 (12) 406390, 481938 telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin.
Keywords