
Turkmaniston Aloqa vazirligi ko‘p xizmatli ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini (internet) zamonaviylashtirish maqsadida aloqa uskunalarini yetkazib berish, o‘rnatish va sozlash bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi. Bu haqda “Neytralniy Turkmenistan” gazetasida xabar berilgan.
Tenderda ishtirok etish uchun nomzodlar yozma ariza topshirishlari va tender hujjatlari to‘plamini olishlari kerak. Hujjatlar ikki alohida konvertda — texnik va tijorat takliflari ko‘rinishida taqdim etiladi.
Arizalar ushbu e’lon chop etilgan kundan boshlab 30 ish kuni davomida quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 744036, Turkmaniston, Ashxobod sh., Archabil shohko‘chasi, 88-uy. Telefon: (+99312) 44-90-76, faks: (+99312) 44-93-75.
Keywords