«Turkmentel — 2026» xalqaro forumi doirasida Turkmaniston Aloqa vazirligi bir qator xorijiy kompaniya va tashkilotlar bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi. Hujjatlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy IT yechimlarini joriy etish hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Memorandumlar Xitoyning «Canaan Creative Global Pte. Ltd.» kompaniyasi, «Dell Technologies Kazakhstan and Central Asia» hamda Rossiyaning «Shkola 21» avtonom notijorat tashkiloti bilan imzolandi.
Kelishuvlarda zamonaviy hisoblash texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, kiberxavfsizlik va elektron hukumat sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tajriba va kasbiy bilimlar almashish, qo‘shma texnologik hamda ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Xususan, «Shkola 21» tashkiloti bilan hamkorlik IT ta’limini rivojlantirish va Turkmanistonda axborot texnologiyalari yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydigan markaz tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
Imzolangan hujjatlar kelgusida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, mamlakatning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy texnologik infratuzilmani rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.