
Turkmanistonning Belgiyadagi elchisi Sapar Palvanov Belgiya Qirolligida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari bilan birgalikda, Brusel shahrida “The Brussels Times” nashri tomonidan tashkil etilgan joriy yilning birinchi “Ambassador Insider Series” yig‘ilishida ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Bruselning moliyaviy imkoniyatlari hamda Yevropa Ittifoqining umumiy iqtisodiy siyosati bo‘yicha fikr almashildi. Bu haqda dushanba kuni Turkmanistonning Belgiyadagi Elchixonasi xabar berdi.
Tahliliy nutqlar bilan “BNP Paribas” banki bosh iqtisodchisi Koen de Leys hamda Brusel Savdo-sanoat palatasi bosh direktori Tyerri Geerts chiqish qilib, ular hozirgi makroiqtisodiy tendensiyalar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar haqida baho berdilar.
Turkmaniston elchisining ushbu tadbirda ishtirok etishi Belgiya va Yevropa Ittifoqining asosiy iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha diplomatik korpus hamda ishbilarmon doiralar vakillari bilan konstruktiv muloqot olib borilishiga xizmat qildi.
Keywords