
Bugun, 3-mart kuni Turkmaniston Futbol federatsiyasi kubogi navbatdagi musobaqasiga start beriladi.
Kubok bahslarida sakkizta jamoa ishtirok etadi: “Arkadag” (Arkadag shahri), “Axal” (Axal viloyati Anau shahri), “Shagadam” (Bolqon viloyati Turkmanboshi shahri), “Marv” (Mari viloyati Mari shahri), “Ashxobod” (Ashxobod shahri), “Nebitchi” (Bolqon viloyati Bolqonobod shahri), “Kopetdog‘” (Ashxobod shahri) hamda Turkmanistonning 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi. Musobaqa g‘olibi 12-mart kuni ma’lum bo‘ladi.
O‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra, “A” guruhida “Kopetdog‘”, “Axal”, “Shagadam”, “Nebitchi” jamoalari, “B” guruhida esa mamlakatimizning U-20 terma jamoasi, “Arkadag”, “Ashxobod” hamda “Marv” jamoalari o‘zaro bahslashadilar.
Dastlabki bosqichda jamoalar ikki guruhga — “A” va “B” guruhlariga bo‘linadi. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar yarim finalga chiqish huquqini qo‘lga kiritadilar. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar esa 5–6 va 7–8-o‘rinlar uchun o‘zaro o‘yinlar o‘tkazadilar.
Barcha uchrashuvlar poytaxtimizdagi “Ashxobod” ko‘p tarmoqli stadionining markaziy maydonida bo‘lib o‘tadi.
Keywords