2026-yil 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi majlisida neft-gaz tarmog‘i samaradorligini oshirish va hududlarda yengil sanoatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Guvanch Agajanov tabiiy gaz va neft konlaridagi quduqlar unumdorligini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda xorijiy ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berdi.
Hisobot yakunlari bo‘yicha Prezident Serdar Berdimuhamedov neft-gaz majmuasi oldida turgan vazifalarni bajarishga qaratilgan tegishli qarorlarni imzoladi.
Shuningdek, davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nökerguly Atagulyevning Ahal viloyati Baherden tumanida yangi tikuv fabrikasini qurish haqidagi taklifini ma’qulladi. Prezident loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.