Turkmanistonning og‘ir atletika bo‘yicha milliy terma jamoasi O‘zbekistonning Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Sportchilar murabbiylar rahbarligida bo‘lajak xalqaro musobaqalar oldidan jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek, sport formasini takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda qatnashmoqdalar.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ayol sportchilardan Anamjan Rustamova, Medine Amanova, Ogulshat Amanova, Gülälek Kakamyrowa, Asal Kerimbayeva, Zybagül Soymuşowa, Shabnam Kerimbayeva va Ogulgerege Amanowa ishtirok etmoqda. Erkak sportchilar safidan esa Rejepbay Rejepov, Babur Amangeldiyev, Gaygysyz Torayev, Galkan Rahmanov, Nurbek Azamatov, Shahzatbek Matyakubov, Bektemir Reimov va Hajymyrat Gylychmyradow joy olgan.

Jamoaga bosh murabbiy Meretguly Sahatmyradow rahbarlik qilmoqda. Unga murabbiylar Hojamuhammet Toychiyev va Umurbek Bazarbayev ko‘maklashmoqda.

Bunday o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari sportchilarga o‘zaro tajriba almashish, mashg‘ulotlar usullarini takomillashtirish hamda bo‘lajak musobaqalarga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.