Turkmaniston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan «Turkmaniston Oliy futzal ligasi — 2026» musobaqasining 10-turi yakunlariga ko‘ra, «Köpetdag» jamoasi muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Turkmaniston futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra, «Köpetdag» hozirgacha o‘tkazilgan 10 ta uchrashuvning 9 tasida g‘alaba qozonib, bir o‘yinni durang bilan yakunlagan. Natijada jamoa hisobidagi ochkolar soni 28 taga yetgan.
Eng yaqin ta’qibchi — «Migratsiya» jamoasi 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Shu tariqa, «Köpetdag» va uning raqibi o‘rtasidagi ochkolar farqi 6 tani tashkil etmoqda.
Chempion jamoa joriy mavsumda hozirga qadar o‘tkazilgan uchrashuvlarning birortasida ham mag‘lubiyatga uchramadi. «Köpetdag» futbolchilari raqiblar darvozasiga 49 ta gol urib, o‘z darvozasidan 18 ta gol o‘tkazib yuborgan.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.