Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qishloq xo‘jaligi vaziri CH.Chetiyev va viloyat hokimlari (hakimlar) ishtirokida raqamli tizim orqali amaliy yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda bo‘lajak buğdoy ekish mavsumiga yer tayyorlash, paxta parvarishi, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, poliz mahsulotlarini yig‘ib-terib olish, muzlatgichli omborxonalarda saqlash va aholiga yetkazib berish ishlari tahlil qilindi. Davlat rahbari 2026-yil hosili uchun mahsulot yetishtiruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida moliyaviy hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy-sanoat obyektlarining qurilish sifatini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.