Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxobodga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddinni qabul qildi.
Uchrashuvda turkman-tojik munosabatlarining hozirgi holati va ularni turli yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu haqda «Vatan» axborot dasturida ma'lum qilindi.
Sirojiddin Muxriddin uchrashuv uchun yaratilgan imkoniyat uchun Turkmaniston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Tojikistonda Turkmaniston bilan asrlarga tutashgan do‘stona va qardoshlik munosabatlariga yuksak baho berilishini ta'kidladi. Shuningdek, u Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga va turkman xalqining Milliy Lideriga yo‘llagan samimiy salomini yetkazdi.
Prezident Serdar Berdimuhamedov ezgu so‘zlar uchun minnatdorlik bildirib, Tojikiston davlat rahbariga eng ezgu tilaklarini bildirdi.
M muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi. Bu borada savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha turkman-tojik hukumatlararo komissiyasining faoliyati alohida o‘rin egallaydi.
Tomonlar energetika, transport va qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar. Shuningdek, madaniy-gumanitar soha ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Turkmaniston va Tojikiston o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan do‘stona va samarali munosabatlar ikki qardosh xalq manfaatlariga mos ravishda bundan buyon ham rivojlantirib borilishiga ishonch bildirdilar.
Tomonlar bir-birlariga eng ezgu tilaklarini bildirdilar.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.