
Kecha poytaxtimizning go‘zal go‘shasida joylashgan “Halk hakydasy” (Xalq xotirasi) yodgorlik majmuasida hoji Arkadagimiz va Arkadagli hoji Serdarimiz og‘iz ochar sadaqasini berdilar. Unda mamlakatimiz muftiysi, barcha viloyat, Ashxobod hamda Arkadag shaharlari imomlari, hurmatli oqsoqollar, duogo‘y onalar va ko‘plab yoshlar ishtirok etdilar. Bu holat muborak Ramazon oyining muqaddas Qadr kechasi arafasida amalga oshirilayotgan savobli ishlarning davomi bo‘ldi.
Ma’lumki, yaqinda Qahramon Arkadagimiz muqaddas Ramazon oyining karomatli Qadr kechasi arafasida mamlakatimizning hurmatli oqsoqollari, duogo‘y onalari, viloyat imomlari, din vakillari va yoshlar ishtirokida og‘iz ochar sadaqasining berilishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan edilar. Milliy Liderimiz ta’kidlaganlaridek, bu ota-bobolarimiz tomonidan tarix davomida yaratilgan olijanob an’analarga bo‘lgan yuksak ehtiromning yorqin nishonidir. Shu munosabat bilan, “Halk hakydasy” yodgorlik majmuasida hoji Arkadagimiz va Arkadagli hoji Serdarimiz birgalikda og‘iz ochar sadaqasini berdilar.
Hurmatli Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Qadr kechasi sharafiga berilayotgan iftorlik marosimiga keldilar. Ushbu sadaqaning berilishi muqaddas oyning savobini yanada ziyoda qilib, karomatli kunlarning xayrli an’analarga boy ekanligining yorqin beyni bo‘ldi.
Turkman xalqi Ramazon oyiga alohida hurmat-ehtirom bilan qarab, qadim zamonlardan beri uni muqaddas sanab keladi. Olijanob ishlar hamda insonparvarlik tamoyillari amalga oshiriladigan muqaddas oyning har bir kuni savobli ishlarga yo‘g‘rilgan. Asrlar osha kelayotgan xayrli urf-odatlarga muvofiq, shahar va qishloqlarda iftorlik sadaqalari beriladi. Unda milliy taomlar tayyorlanib, yurtimiz obodligi, xalqimizning baxtiyor hayoti haqida duo-tilaklar qilinadi.
Dono ajdodlarimiz tarix davomida dunyoga namuna bo‘ladigan boy madaniy meros, milliy qadriyatlar va ajoyib urf-odatlarni shakllantirdilar. Ramazon oyiga va xayr-saxovatning muborak kechasi sifatida e’tirof etilgan Qadr kechasiga alohida hurmat ko‘rsatiladi. U kun karomatlar kechasi hisoblangan. Qadr kechasi arafasida hurmatli Prezidentimiz va Qahramon Arkadagimizning bergan iftorlik sadaqalari asrlar osha kelayotgan xayrli an’analarning hozirgi davr ruhiga mos ravishda davom ettirilayotganining navbatdagi yorqin namunasidir.
Muqaddas Ramazon oyining davom etayotgan kunlarida, ayniqsa, muborak Qadr kechasi arafasida amalga oshirilayotgan olijanob ishlar xalqimizning insonparvarlik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etadi. Bu oyda butun islom dunyosida bo‘lgani kabi, yurtimizda ham savobli ishlar amalga oshiriladi. Ramazon oyida iftorlik sadaqalarini berish olijanob an’anadir.
...Hoji Arkadagimiz sadaqa ishtirokchilariga murojaat qilib, Mustaqil Diyorimizda milliy urf-odatlarimizni bajo keltirish uchun barcha sharoitlar yaratilganini, fuqarolarimiz muqaddas joylarni ziyorat qilib, masjidlarga borib, duo-iltijolar qilayotganini ta’kidladilar. Bugun ham xalqimizning qadimiy an’anasiga amal qilib, Ramazon oyida iftorlik sadaqasiga jam bo‘linganini qayd etdilar. “Bilasizlarki, ertaga — muqaddas Qadr kechasi. Turkman xalqi — qalbi Allohli xalq. Islom dinining qadriyatlari bizning azaliy turkmanchilik an’analarimiz bilan uzviy bog‘liqdir. Muqaddas Ramazon oyida iftorlik sadaqasini berish ham olijanob, savobli ishlardan biridir”, deb hoji Arkadagimiz aytdilar hamda ushbu oyda tutilgan ro‘zalar va qilingan duo-tilaklar Olloh dargohida qabul bo‘lishini tiladilar.
Milliy Liderimiz nutqini yakunlagach, Turkmaniston muftiysi duo qildi. U hoji Arkadagimiz va Arkadagli hoji Serdarimiz bergan iftorlik sadaqasi Olloh dargohida qabul bo‘lishini so‘radi. Duodan so‘ng ishtirokchilarga turli taomlar tortildi. Bu holat ildizi asrlar qa’riga borib taqaladigan, davrlar va avlodlarni bog‘laydigan milliy urf-odatlarning bugungi kunda ham bardavom ekanligining dalilidir.
Jamiyatning ruhiy sog‘lomligini mustahkamlash, axloqiy kamolotga intilish, tarixiy-madaniy merosga hurmat ko‘rsatish va ajdodlar an’analarini hozirgi davr ruhiga mos rivojlantirish hurmatli Prezidentimizning ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ajdodlarimiz Ramazonni oylarning sultoni, Qadr kechasini esa tunlarning sarvari deb bilganlar. Uni ahillikda, ezgu niyatlar va eng yaxshi umidlar bilan kutib olganlar. Hozirgi davrda bu tamoyillarga davlat darajasida ahamiyat berilmoqda.
Hozirgi vaqtda jamiyatda ahillik va jipslikni mustahkamlashga katta e’tibor berilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz va Qahramon Arkadagimiz sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan buyuk ishlar xalqimizning insonparvarlik an’analarini yangi mazmun bilan boyitishga qaratilgan.
...Iftorlikda taomlardan so‘ng Turkmaniston muftiysi oyat va duolar o‘qidi.
Hoji Arkadagimiz iftorlikda ishtirok etganlari uchun barchaga minnatdorchilik bildirdilar va xalqimizning hamisha farovon hayot kechirishi haqidagi duolar va o‘qilgan oyatlar Olloh dargohida qabul bo‘lishini tiladilar.
“Halk hakydasy” yodgorlik majmuasida hoji Arkadagimiz va Arkadagli hoji Serdarimiz bergan iftorlik sadaqasi ota-bobolarimizning olijanob yo‘riqlarining munosib davom ettirilayotganining, xalqimizning baxtiyor kelajagi yo‘lida avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ta’minlanayotganining navbatdagi yorqin timsoliga aylandi.
Keywords