
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mobil telefonlar uchun ilova ishga tushirildi. Ilova foydalanuvchilarga kundalik yangiliklar, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi va uning tizimidagi muassasalar, birinchi navbatda, Turkmanistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish hamda mahalliy foydalanuvchilarga konsullik xizmatlaridan foydalanish uchun onlayn navbatga turish imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda Turkmaniston TIV rasmiy veb-saytida xabar berilgan.
Mobil ilova Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga tegishli maʼlumotlarning bir joyda jamlanishini taʼminlaydi hamda turkman, rus va ingliz tillarida mavjud.
Ilovani Google Play va App Store’dan bepul yuklab olish va foydalanish mumkin.
Keywords