
4-mart kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Eron Islom Respublikasining Ashxoboddagi elchixonasiga tashrif buyurdi va Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Sayyid Ali Husayniy Xameneiy xotirasiga ochilgan ta’ziya kitobiga qayd qoldirdi. Bu haqda Turkmaniston rasmiy matbuoti xabar berdi.
Rashid Meredov bu yerda Eronning Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ali Mojtaba Ro‘zbehaniy bilan uchrashdi va ushbu og‘ir judolik munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Ta’ziya kitobi nafaqat elchixonada, balki Ashxoboddagi Eron madaniyat markazida ham ochildi. Ushbu kitob 4-martdan boshlab 10–15 kun davomida ochiq bo‘ladi.
Bundan avval turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston xalqi nomidan Eron Prezidenti Masud Pezeshkion va Eron xalqiga Eron Islom Respublikasi Oliy rahnamosi Oyatulloh Sayyid Ali Husayniy
Keywords