
2024-yil sentyabridan 2025-yil sentyabrigacha bo‘lgan davrda Turkmaniston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 102 million funt sterlingga teng bo‘ldi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Biznes va savdo vazirligi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2024-yil uchinchi choragi yakunlari bilan solishtirganda 22,9 foizga yoki 19 million funt sterlingga ko‘pdir.
Hisobot davrida Buyuk Britaniyaning Turkmanistonga eksporti 92 million funt sterlingni tashkil etdi va bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 35 million funt sterlingga yoki 61,4 foizga oshdi.
Shu davrda Buyuk Britaniyaning Turkmanistondan importi 10 million funt sterlingga teng bo‘ldi.
Turkmanistonning Buyuk Britaniyadan import qiladigan asosiy mahsulotlari qatoriga umumiy sanoat uskunalari va ilmiy asbob-uskunalar kiradi. Turkmanistonning Buyuk Britaniyaga eksport qiladigan asosiy mahsulotlari esa noorganik kimyoviy moddalar, mexanik quvvat generatorlari va metall rudalaridir.
Keywords