
Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universiteti hamda L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog'iston Respublikasi) professor-o'qituvchilari ishtirokida videaloqa orqali uchrashuv bo'lib o'tdi.
TDU rasmiy saytida xabar berilishicha, uchrashuv hamkorlik va o'zaro yordam ko'rsatish to'g'risidagi memorandum doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o'z oliy o'quv yurtlarining xalqaro ta'lim reytinglariga kirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti dunyoning yetakchi oliy o'quv yurtlari qatoriga kiradi va «QS World University Rankings 2025» reytingida 321-o'rinni egallab turibdi.
Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universiteti esa 2025-yilda nufuzli «Impact Rankings 2025» global reytingiga, 2026-yilda esa «muxbir» (reporter) maqomi bilan «THE World University Rankings 2026» ro'yxatiga kiritildi.
Keywords