
Zebo Babajanova: Ayollarning eng sevimli joyi hisoblangan oshxonaning ham yuragi bor. Oshxonada zarur boʻlgan, ham uning koʻrki hisoblangan, har qanday neʼmatni tayyor holatga keltirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan oshxona jihozlariga zamonaviy jamiyat tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Zero, bizning kunlarimizda oshxonani zamonaviy jihozlarsiz tasavvur qilish qiyin. Davrning texnologik imkoniyatlari esa jihozlarning turli xil amallarni bajarishi bilan ajralib turadi. Har bir oshxona jihozi nafaqat bitta, balki bir nechta amallarni bajarishga yoʻnaltirilgan boʻlib, taomlarning tez va koʻngildagidek tayyorlanishini taʼminlaydi.
Xalqlar orasida taomlarning tarkibi va tayyorlanish xususiyatlari turlicha boʻlishi bilan birga, unda oshxona jihozlarining oʻrni ham kattadir. Berqarar davlatimizning yangi davri uygʻonishi davrida bozor iqtisodiyotiga dadil qadam qoʻyayotgan yurtimizda boshqa ehtiyojlar bilan bir qatorda mukammal oshxona jihozlarining ham yuzlab turlarini hamyonbop narxlarda topish mumkin. Koʻpdan beri xalqimiz orasida yuqori sifatli oshxona jihozlari bilan tanilgan «Pimak» doʻkoni faoliyat koʻrsatmoqda. Bu doʻkon Turkiyaning «Pimak» brendining yurtimizdagi rasmiy dileri va tarqatuvchisi boʻlib xizmat qiladi.
Poytaxtimizda joylashgan ushbu doʻkonda idora va korxonalar, maktab va bogʻchalar, kafe, restoran va mehmonxonalarning oshxonalari uchun moʻljallangan yirik hajmli jihozlar mavjud. Ularga doner uskunalari, grill pechlari, sanoat plitalari va boshqa zamonaviy oshxona jihozlarini misol keltirish mumkin.
«Pimak» kompaniyasining tarixiy yoʻli haqida qisqacha toʻxtalsak, u 1993-yilda Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida tashkil etilgan. «PIMAK Profesional Mutfak» brendi bugungi kunda sanoat oshxona jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya boʻlib, oʻz mahsulotlarini dunyoning 45 dan ortiq mamlakatiga eksport qiladi. Yurtimizda foydalanishga topshirilayotgan korxonalar, maktablar, bogʻchalar, restoran va mehmonxonalarning oshxonalari doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlanmoqda. Jahon bozorlarida ishlab chiqarilayotgan eng soʻnggi rusumdagi barcha turdagi uskunalar ishlab chiqarishga keng joriy etilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida milliy iqtisodiyotimizning innovatsion rivojlanish yoʻlida erishgan ulkan marralari va imkoniyatlari «Arkadagʻ Serdar bilan baxtli yoshlar» yilida yanada kengaymoqda. Xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ilgʻor uskunalari rasmiy dilerlar va tadbirkorlar orqali xalqimizga doimiy ravishda yetkazib berilmoqda. Yaqinda Savdo-sanoat palatasida oʻtkazilgan Turkiya Respublikasi eksport tovarlari koʻrgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan «PIMAK Profesional Mutfak» kompaniyasining jihozlari oʻzining xilma-xilligi va funksionalligi bilan koʻrgazma ishtirokchilari eʼtiborini tortdi.
Keywords