
Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Xitoyga amalga oshirgan do‘stona tashrifi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Si Szinpin yaqin vaqt ichida Turkmanistonda An’anaviy xitoy tabobati markazini va “Lu Ban ustaxonalari”ni ochish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalari hamda ilm-fan va ta’lim sohalari muhokama qilindi. Bu haqda chorshanba kuni Turkmaniston rasmiy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi turkman yoshlariga Xitoyning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar uchun xitoy tomoniga minnetdorchilik bildirdi.
XXR Raisi Xitoyning ta’lim sohasida hamkorlikni davom ettirishga, intellektual mulk va otchilik yo‘nalishlarida tajriba almashishga tayyorligini tasdiqladi. Shuningdek, u Turkmaniston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yuqori ekologik darajasi bilan ajralib turishini ta’kidlab, Xitoyning qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida, xususan, yuqori unumdor texnikalarni yetkazib berish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va “yashil” energetikani rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni jadallashtirishdan manfaatdor ekanini aytdi.
Bundan tashqari, uchrashuvda iqtisodiy, savdo, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish borasida fikr almashildi.
Keywords