
Turkmanistonda ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida raqamli iqtisodiyot bo‘yicha olimpiada Ashxobod moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tdi. “Turkmaniston: Oltin asr” nashrining xabar berishicha, tanlov natijasida 15 nafar ishtirokchi sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. Tanlovning 1-o‘rnini: Ashxobod moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi talabasi So‘yli Murrikova, Lebap viloyati moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi talabasi Mahri Hashimova, Mari viloyati moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi talabasi Bagul Mammyyeva egalladi. 2-o‘ringa besh nafar talaba loyiq ko‘rildi: Ayjeren Meretguliyeva, Lale Yazliyeva (Mari viloyati moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi), Aygul Kelova (Ashxobod moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi), Govher Gurbanova, Zyba Gurbanova (Bolqon viloyati moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi). 3-o‘ringa yetti nafar talaba loyiq ko‘rildi: Ogulnabat Berdiyeva, Go‘zal Xalliyeva, Orazjahan Miradova (Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Savdo-kooperativ maktabi), Sevinch Xoshvagtova (Lebap viloyati moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi), Navchagul Ashirova (Bolqon viloyati moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi), Ayna Gurbanguliyeva (Ashxobod moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi), Aylar Ashirmammedova (Doshog‘uz viloyati moliya-iqtisodiyot o‘rta maxsus kasb-hunar maktabi). G‘oliblar tegishli darajadagi diplomlar va olimpiada tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Talabalarni olimpiadaga yuqori saviyada tayyorlaganliklari uchun mamlakatimiz o‘rta maxsus kasb-hunar maktablari o‘qituvchilariga minnatdorchilik xatlari topshirildi.
Keywords