Turkmanistonlik og‘ir atletikachi Medina Amanova Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida kichik bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sportchi siltab ko‘tarish mashqida 121 kilogramm og‘irlikni ko‘tarib, uchinchi natijani ko‘rsatdi. Ikki mashq yakuniga ko‘ra 205 kilogramm natija qayd etib, musobaqani umumiy hisobda oltinchi o‘rinda yakunladi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 13–14-avgust kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada mintaqaning 29 mamlakatidan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Turkmaniston terma jamoasi tarkibida 16 nafar sportchi — yetti nafar o‘g‘il va to‘qqiz nafar qiz bola qatnashmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.