Turkmanistonlik og‘ir atletikachi Atabek Azamatov Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasida 60 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ikkala mashq natijasiga ko‘ra turkman sportchisi 245 kilogramm natija ko‘rsatib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Musobaqa g‘olibligi 260 kilogramm og‘irlikni bo‘ysundirgan filippinlik Jerik Aykon Kastroga nasib etdi. Bronza medalini esa 243 kilogramm natija bilan yana bir filippinlik sportchi Kirbi Kent Alas-As qo‘lga kiritdi.

Dast ko‘tarish mashqida A. Azamatov 113 kilogramm natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va kichik kumush medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda esa uning ko‘rsatkichlari 132 kilogrammga teng bo‘lib, u ushbu yo‘nalishda beshinchi o‘rinni egalladi.