Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari talabalari 4–10-noyabr kunlari Polshaning Katovitse shahrida o‘tkazilgan Talabalar xalqaro jamoaviy matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Turkmaniston Ta’lim vazirligining rasmiy saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, shaxsiy hisobda Yagshigeldi Kakayev nomidagi Xalqaro neft va gaz universiteti talabasi Oguzhan Garlayev birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Turkmanistonlik talabalardan Halyhmuhammet Annageldiyev va Halmyrat Myratgeldiyev ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi o‘rinlarni egalladi hamda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Nufuzli xalqaro matematika musobaqasida Avstriya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Polsha, Sloveniya, Italiya, Ispaniya, Germaniya hamda Fransiya oliy ta’lim muassasalarining talabalari qatnashdi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.