
2026-yil 13-fevral kuni Turkmanistonning Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasida 2026-yilning «Mustaqil, boqiy Neytral Turkmaniston — bedov otlar shiddatli orzular makoni» deb e’lon qilinishi hamda Turkmaniston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmaniston TIV veb-saytida xabar berilgan.
Tadbirda Tojikiston yoshlar ishi va sport bo‘yicha qo‘mitasi vakillari, “Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar tojik jamiyati” vakillari, Tojikistonda yashayotgan turkman diasporasi vakillari, Tojikiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan turkman talabalari, ziyolilar hamda Elchixona xodimlari ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar 2026-yil shiorining ahamiyati, axaltaka otchilik san’ati va otlarni bezash an’analarining YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi hamda “Galkinish” milliy ot ustidagi o‘yinlar guruhining xalqaro muvaffaqiyatlari jahon hamjamiyati tomonidan turkman otchilik san’atining e’tirof etilishi ekanligini ta’kidladilar.
Shuningdek, Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va Mustaqillikning 35 yillik bayramini yuqori darajada nishonlash maqsadida 2026-yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, Elchixona binosida tashkil etilgan foto va kitob ko‘rgazmasi namoyish etildi. Unda mehmonlar axaltaka tulporlarining go‘zalligi aks etgan amaliy-baadiy san’at asarlari bilan tanishdilar. Ko‘rgazmada turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Qahramon Arkadag‘imiz Gurbanguli Berdimuhamedov hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning asarlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga turkman milliy taomlari tortiq qilindi.
Keywords