
Amalga oshirilgan ishchi tashrif doirasida Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti delegatsiyasining Vestminster universiteti prorektorlari Endryu Linn hamda Dibyesh Anand bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Professor Endryu Linn Vestminster universitetining ilmiy faoliyati bilan tanishtirdi hamda Ashxobod shahriga bir necha bor natijali xizmat safarlarini amalga oshirganini, ilmiy konferensiyalarda qatnashganini va universitetlar o‘rtasida Britaniya Kengashining “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish” dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilganini ta’kidladi. So‘ngra professor Dibyesh Anand Vestminster universitetining xalqaro faoliyati haqida so‘zlab berdi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida joriy etilgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti delegatsiyasi universitetda samimiy qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirdi va universitetning faoliyati, erishilgan yutuqlari, hamkorligi hamda xorijiy hamkor universitetlar bilan olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Uchrashuvda Vestminster universitetining ilmiy markazlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarning samarali xarakteri qayd etildi. Shundan so‘ng Professor Dibyesh Anand Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti talabalari uchun almashinuv dasturlari, qisqa muddatli yozgi maktablar, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishni taklif qildi, shuningdek, uzoq muddatli maqsad sifatida “2+2” yoki “1+1” shaklidagi qo‘sh diplom dasturlarini ishlab chiqish taklifini ilgari surdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun diplomatik kanallar orqali tegishli ishlarni olib borishga kelishib oldilar.
So‘ngra Vestminster universitetining “Akademik ingliz tili” fanlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilari bilan gibrid shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Vestminster universiteti professor-o‘qituvchilari ingliz tilini o‘qitishdagi yangi metodikalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, tashrif davomida Vestminster universitetining majlislar zalida Turkmaniston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti delegatsiyasi bilan birga Vestminster universiteti prorektorlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy markazlar rahbarlari hamda talabalari ishtirok etdilar. Xalqaro konferensiyada Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti rektori M. Kuliyeva turkman xalqining Milliy Lideri Qahramon Arkadagimiz va hurmatli Prezidentimiz Arkadagli Qahramon Serdarimiz boshchiligida olib borilayotgan, Turkmanistonning doimiy Neytralitetiga asoslangan tashqi siyosati va diplomatiyasi haqida nutq so‘zladi. Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti Xalqaro aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi A. Chariyev Turkmanistonning shonli tarixi, hozirgi muvaffaqiyat va yutuqlari, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik hamda Vatanimizda bilimli yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi. Menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi G. Seyilbayeva mamlakatimizda xorijiy tillarning o‘qitilishi va bu borada universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari mamlakatimizning tinchliksevarlik, ishonch va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosati va xalqaro tashabbuslariga, ta’lim tizimidagi samarali islohotlarga yuqori baho berdilar.
Keywords