
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti “Xalqaro munosabatlar: tinchlik muloqoti madaniyati” deb nomlangan III xalqaro tanlovni e’lon qildi. Tanlov Turkmaniston Ta’lim vazirligi hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi maslahatchi va ko‘makchi sifatida ishtirokida Xalqaro munosabatlar instituti tomonidan o‘tkazilmoqda.
Doimiy betaraflikka asoslangan Turkmaniston tashqi siyosiy strategiyasi va diplomatiyasining mintaqaviy hamkorlikka, shuningdek, yanada keng ko‘lamdagi xalqaro munosabatlarning ijobiy rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’sirini muhokama qilishni maqsad qilgan ushbu tanlov bu boradagi yangi yondashuvlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro tanlovda mamlakatimiz va xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarining talabalari hamda magistrantlari ishtirok etishlari mumkin. Har bir oliy o‘quv yurtidan ishtirokchilar soni 1 nafardan 5 nafargacha bo‘lishi mumkin. Ishtirokchilarga 1 nafar o‘qituvchi yoki mutaxassis rahbarlik qiladi. Zarur hollarda ishtirokchilar rahbarsiz ham tanlovda qatnashishlari mumkin.
Tanlov xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida o‘qitiladigan ko‘plab fanlar va zamonaviy xalqaro munosabatlarning keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha tuzilgan 100 ta savoldan iborat testga javob berish shaklida o‘tkaziladi. Test siyosiy, tarixiy, madaniy, aniq yo‘nalishdagi fanlar materiallaridan, xalqaro tashkilotlar, xalqaro va davlatlararo munosabatlar, barqaror rivojlanish maqsadlari, xalqaro muloqot, ekologiya, iqlim o‘zgarishi kabi xalqaro masalalarga bag‘ishlangan savollardan va boshqalardan iborat bo‘ladi. Tanlov savollarini tuzish va tanlab olish huquqi Tashkiliy qo‘mitaga tegishli.
Ishtirok etish, tashkiliy masalalar va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat uchun manzillar: Rahim Akmuradov, Turkmaniston TIV Xalqaro munosabatlar institutining Xalqaro munosabatlar va diplomatiya kafedrasi o‘qituvchisi, +99364131313, rahimakmuradov7@gmail.com
Keywords