
Xitoyning universitetlari Niderlandiyadagi Leyden universiteti tomonidan tuziladigan dunyoning eng yaxshi universitetlari xalqaro reytingida yetakchi o‘rinlarni egalladi.
2025 yil uchun tuzilgan yangi reytingda sakkizta Xitoy universiteti birdek birinchi o‘nlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi o‘rinni Xanchjou shahridagi Chjeszyan universiteti egalladi, ikkinchi o‘rinni Shanxaydagi Syaotun universiteti oldi, Amerikadagi mashhur Garvard universiteti esa uchinchi o‘ringa tushdi.
To‘rtinchi va to‘qqizinchi o‘rinlar oralig‘idagi barcha joylarni ham Xitoy universitetlari egalladi, birinchi o‘nlikni esa Kanadadagi Toronto universiteti yopdi.
Garvard universiteti reytingdagi o‘z o‘rnini asta-sekin yo‘qotmoqda — ikki yil avval u birinchi o‘rinda edi, 2025 yilda esa ikkinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa tushdi.
Reytingning rasmiy saytida qayd etilishicha, reyting tuzilganda universitetlarning ilmiy nashrlar (maqolalar) soni asosiy ko‘rsatkich sifatida hisobga olinadi.
Keywords