
Restayling qilingan Mercedes-Benz S-sinf sedanining tashqi ko‘rinishi 29-yanvardagi rasmiy premyeradan oldin ochiqlandi. Foto Cochespias portalida e’lon qilindi.
Model yangi dizayn, yangilangan multimedia tizimi va yaxshilangan komfort funksiyalarini oladi. Asosiy yangilik — Drive Pilot avtopiloti. Hozirgi tizim 95 km/soat bilan cheklangan, yangilangan versiya esa avtomobilga 110 km/soatgacha mustaqil harakat qilish imkonini beradi.
Yangi Drive Pilot tizimi zamonaviy sensorlar, kameralar, radarlar va lidarlar bilan jihozlangan bo‘lib, aniqlik va xavfsizlikni oshiradi. Mercedes, yaxshilanishlar ayniqsa uzun yo‘llarda va yuqori tezlikli trassalarda sezilarli ekanligini ta’kidlaydi.
Yangilanish faqat yangi S-sinf modellari uchun mavjud bo‘ladi; allaqachon chiqarilgan avtomobillar 95 km/soat chegarasini saqlaydi va yangi apparat komponentlarini ololmaydi.
Keywords