Turkmanistonlik tennischilar Shri-Lanka poytaxti Kolomboda o‘tayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Devis Kubogi (Davis Cup) Osiyo va Okeaniya zonasi saralash bosqichining yarim finaliga yo‘l oldilar. Chorak finalda hamyurtlarimiz Filippin terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdilar.

Bu turkman tennischilarining musobaqadagi to‘rtinchi g‘alabasidir. Bungacha ular Ummon (3:0), Myanma (2:1) va Singapur (2:1) jamoalarini mag‘lub etib, «B» guruhida peshqadam bo‘lishgan edi.

Yarim finalda Turkmaniston terma jamoasi Vetnam bilan to‘qnash keladi. Bu muvaffaqiyatda jamoa sardori Gurbanberdi Gurbanberdiyev va yosh iste'dod Kerimgeldi Guldurdiyevning xizmatlari katta.